O‘z tomorqasida mahsulot yetishtirib, bozorga chiqarayotgan fuqarolar kichik imkoniyatdan foydalanib, katta daromad olishga erishayotgan tadbirkorlarga o‘xshaydi.
Jumladan, Zomin tumanida ham “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududda ko‘plab oilalar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, ham oila turmush sharoiti yaxshilanmoqda, ham tuman iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shilmoqda.
Bog’ishamol MFY da yashovchi tomorqa yer egasi Hojar Eshonqulova xonadonidagi issiqxonadan samarali foydalanib 4 sotix limon va 1 sotix qulupnay yetishtirmoqda. Qaxramonimiz faqatgina issiqxona faoliyati bilan cheklanmay o’z uyida kichik tikuvchilik sexi tashkil qilib, ustoz shogird an'anasi bo'yicha faoliyatini yo’lga qo’ygan.
Xozirgi kunda 4 nafar shogirdlari bor. Kelgusida faoliyatini kengaytirish istagini bildirdi.
Zamonaviy uslubdagi kiyimlarga buyurtma qabul qilib mahalladagilarga hizmat ko'rsatib kelmoqda.