Zomin tumani "Taraqqiyot" mahallasida Sayxunobod va Oltiariq tajribasi asosida tomorqa yer maydonida serdaromad mahsulotlar yetishtirish, o‘z tomorqa yer maydonida takroriy ekinlar ekish bo‘yicha seminar bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Jizzax viloyati hokimi o’rinbosari Oybek Ashurmatov, Oliy Majlis Senati a’zosi Nusratullo Pardaev, sektor rahbarlari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo’limi, O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashi, "Mahalla yettiligi" hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"Taraqqiyot" mahallasida tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish, aholi va yoshlar bandligini ta’minlash bo'yicha aholiga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek tomorqachilik-nafaqat qoʻshimcha daromad manbai, balki, aholining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham yetakchi sohalardan biri ekani ta'kidlanib, aholiga ushbu sohada kredit va subsidiyalar ajratish yuzasidan tushuncha va takliflar berildi.