???? Tomorqa – daromad manbai! Har bir xonadon o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalansa, bu nafaqat qo‘shimcha daromad, balki oila a’zolarining bandligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Tumandagi mahallalarda “mahalla yettiligi” hamda mahallaga biriktirilgan vakillar xonadonma-xonadon yurib, aholini tomorqaning har bir qarichidan unumli foydalanish, chorva, parranda boqish, dehqonchilik mahsulotlari, gul va ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishmoqda.
Shu munosabat bilan ayni kunlarda Zomin tumanining barcha hududlarida aholi tomorqasidan unumli va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar qizg‘in olib borilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad dehqon bozorlarini arzon va sifatli, ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirishga munosib hissa qo‘shish, aholi daromad manbalari va yashash tarzini oshirishdir.