Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Zomin tumani Gulshan QFY hududida joylashgan binoni yoshlarga va tadbirkorlarga yaratilayotgan ko‘plab imkoniyatlarni hisobga olib, qishloqda yashaydigan insonlarga ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli ravishda 0 qiymatda berilishini so‘raymiz", mazmunidagi murojaatnoma yuzasidan ma’lum qilamizki, xabarda keltirilgan manzildagi bino Zomin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktabning eski binosi bo‘lib, mazkur bino avariya xolatiga kelib qolganligi sababli, vaqtincha foydalanilmayapti.
Bino Zomin tuman MMTB balansida bo‘lib, uni 0 va boshqa qiymatlarda o‘zganing balansiga o‘tkazish ishlari qonunchilikka binoan xal etiladi.