30-aprel kuni Minsk shahridagi Milliy kutubxona binosida birinchi Oʻzbekiston-Belarus professional taʼlim forumini rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Belarus Taʼlim vaziri Andrey Ivanes, Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Oʻzbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov ochib berdilar.
Ikki tomon oliy va professional taʼlim muassasalari rahbarlarining kadrlar tayyorlash, professional taʼlim sifatini oshirish sohasida hamkorlik istiqbollari va imkoniyatlari bo‘yicha maʼruzalari tinglanib, aloqalarni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Forumda Oʻzbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Taʼlim vazirligi oʻrtasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish toʻgʻrisidagi 2024–2025-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” hamda 50 ga yaqin oliy va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Forumda Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi nomidan Zafar Boltayev Delegatsiya vakili sifatida ishtirok etib Belorussiya Respublikasi Ivan Schastno nomidagi Grodno Davlat elektrotexnika kolleji bilan kelishuv bitimi imzolandi.