O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi РF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-уillаrgа mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya vа sport bilan muntazam shug'ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish, ta'lim muassasalari xodimlarini sроrt tadbirlariga keng jalb qilish, ular o'rtasida musobaqalar tashkil qilish, o'qituvchilaming jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta'lim muassasalaridagi sport seksiyalari va tо'gаrаklаri faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish, o'qituvchilarning bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish vazifalari ijrosini ta`minlash maqsadida O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ijroiya qo`mitasi, Maktabgacha vа maktab ta'limi vazirligi, Sport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qo`shma qarori asosida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Maktabgacha vа maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumta`lim maktablari o'qituvchi-xodimlari o'rtasida "Sog'lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sроrt musobaqalarinining Zomin tuman bosqichi tumandagi 35-umumta`lim maktabida bo`lib o`tdi.
Musobaqa yakunida g`olib bo`lgan jamoa va ishtirokchilar tashkiliy qo`mita tomonidan diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.
Tuman bosqichi g'oliblariga viloyat bosqichiga yo'llanmalar berildi.