Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “9-may — Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon bo‘ladi.
Ayniqsa, o‘tganlarni xotirlash, faxriy ustozlarning duosini olmoqlik saodati o‘zgachadir.
Zomin tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan Millatimiz ravnaqi hamda yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan bir qator faxriy ustozlar xolidan xabar olindi.