Bugun Zomin tuman tibbiyot birlashmasining navbatdagi kengaytirilgan yig’ilishi Dashtobod oilaviy poliklinikasida bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tuman xalq deputatlar Kengashi raisi Muxammadi G’oipnazarov, tuman Prokuror yordamchisi Navruz Narzullaev hamda barcha OP, OShP mudirlari, tuman tibbiyot birlashmasining xududlarga biriktirilgan ma’sullari ishtirok etdi.
Dashtobod poliklinikasining umumiy ish faoliyatidagi muammolar va kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan rejalar ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda TTB boshlig’i Shuxrat Tilavberdiev poliklinikadagi laboratoriya xizmati bilan aloxida tanishib, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan istiqbolli rejalar belgilab berildi.
XDP tuman Kengashi raisi Muxammadi Goipnazarov so’zga chiqib, yig’ilishda ko’tarilgan xar bir masalalar bo’yicha o’z yechimini topilishi yuzasidan nafaqat tuman hokimligi balki boshqa tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda ish olib borilishini ta’kidlab o’tdi.
Dashtobod poliklinikasi xamshirasi Marina Belozyorova va Kimyo Jo’raevalarga yuksak xizmatlari uchun “Yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash” ko’krak nishoni TTB boshlig’i tomonidan topshirildi.