Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun sportning katta futbol va mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish an’ana tusiga kirib qoldi. Ushbu musobaqalarga millionlab yoshlar qamrab olinmoqda.
Zomin tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun sportning katta futbol va mini futbol musobaqalari nihoyasiga yetib, g‘oliblar aniqlandi.Musobaqalarda jami 82 ta jamoalar ishtirok etib, ularga 1100 nafardan ziyod yoshlar qamrab olindi.
Musobaqalarning Zomin tuman final bosqichlarida qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini futbol bo‘yicha bahslarda tumanning 1-sektor hududidagi mahalla qizlar jamoasi g‘olib bo‘ldi.
O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini futbol bahslarida 1-o‘rin “Xamid Olimjon” mahallasi jamoasiga, katta futbol musobaqalarida esa “Navbahor” mahallasi jamoasiga nasib etdi.
Zomin tumani markaziy sayilgohida g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoalarga kubok va esdalik sovg‘alarini Zomin tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev, DXX rahbarlari, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Xamid Abdullayev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Isroil Nurmatov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari G’anijon Xudayqulovlar topshirishdi.