Ijtimoiy tarmoqlarda Ўзбек прокурорлари нега қонунлар бузилаётганини кўрмайди? mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan o’rganish ishlari olib borilib, tegishli choralar ko’rilmoqda.
Jumladan, Zomin tumani, G‘.G‘ulom m.f.y., Mirtemir ko‘chasi, 57-uyda yashovchi B.Abdusalomov, ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qilib, unda 2022-yil mart oyining 7-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining tegishli qarori asosida byudjet mablag‘lari hisobidan da’vogar G.Xorunova foydasiga 1.171.022.257 so‘m moddiy zarar undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsada, shu kunga qadar yetkazilgan moddiy zararlar to‘lab berilmaganligini, sud qaroridan so‘ng yuzaga kelgan qarzdorliklar to‘lab berilganligini, ushbu qarzdorlikni to‘lab berish yuzasidan qilgan murojaatlari samarasiz qolayotganligidan noroziligi bayon qilgan.
Mazkur murojaatni qayta o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi tomonidan 2022-yil 7-mart kuni, byudjet mablag‘lari hisobidan G.Xorunova foydasiga 1.171.022.257 so‘m moddiy zarar 540.000 so‘m davlat boji 18.900 so‘m pochta xarajatlari, jami 1.171.581.157 so‘m undirish belgilangan.
Zomin shahri, G‘.Abdullayev ko‘chasida joylashgan Adiba xususiy savdo do‘koni (sobiq Gastronom) egallagan 879,5 kv.m yer maydonini xususiylashtish to‘g‘risidagi Jizzax viloyati Zomin tuman hokimining 1995-yil 1-noyabrdagi 395-q sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.1994 yildagi 341-son qarori asosida qabul qilingan bo‘lsada, mazkur hokim qarori Vazirlar Mahkamasining 04.07.1994 yildagi 341-sonli qarori yuridik kuchini yo‘qotganidan song, qonunga zid ravishda qabul qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11-apreldagi 126-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandi 2-qismida “Sotish tegishli hokimliklar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan yer maydonlarini xususiy mulk sifatida sotish haqidagi qarorlarni taqdim etishganidan keyin Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari (viloyat) tomonidan amalga oshirilshi belgilangan bo‘lsada, unga zid ravishda Zomin tuman davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash bo‘lim tomonidan 1995-yil 1-noyabrda yer maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi 7-sonli dalolatnoma rasmiylashtirib berilgan. Shuningdek Zomin tuman davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash bo‘limining 1995-yil 01-noyabrdagi Zomin shahri, G‘.Abdullayev ko‘chasida joylashgan “Gastronom” savdo do‘koni egallagan 879,5 kv.m. yer maydoniga egalik qilish huquqini beruvchi 7-sonli dalolatnomaga asosan “Adiba” xususiy do‘koniga mulk qilib berilganligi haqida yozuv kiritilgan bo‘lsada, Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi Binolar, inshootlar va yer davlat kadastri xizmati bosh boshqarmasi Zomin tuman bo‘limi tomonidan 2002-yil 10-oktabrda Zomin shahri, G‘.Abdullayev ko‘chasida joylashgan “Gastronom” savdo do‘konini fuqaro Xorunova Gulnora Burxonovna nomiga 043-son bilan rasmiylashtirilgan kadastr hujjatining “Bino va inshootlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar” varag‘ida bino Xorunova Gulnoraga Zomin tuman davlat notarial idorasining 2002-yil 8-oktabrdagi shartnomasiga asosan tegishli ekanligi qayd etilgan, biroq mazkur shartnoma kadastr yig‘majildiga ilova qilinmagan (reestr raqami ham ko‘rsatilmagan) Shuningdek sud tomonida, sud jarayonida kadastrlar palatasidan egalik huquqini beruvchi hujjatlarning ilmiy asosliligini aniqlash yuzasidan mutaxassis jalb etilmagan.
Sud qarorining qabul qilinishida asosiy hujjatlardan biri bo‘lgan “OPTIMAL ESTIMATION” MChJ tomonidan 2021-yil 25-sentabrda tuzilgan N 09-021-sonli xisobotda keltirilishicha, Jizzax viloyati, Zomin shahri, G‘.Abdullayev ko‘chasi manzilida joylashgan “Do‘kon binosi” 1.171.022.257 so‘mga baholangan va mazkur savdo do‘koni, bino va inshootlarni (taqdim etilgan kadastr hujjati) asosida hisoblab chiqilgan.
Biroq, Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi mutaxassisi tomonidan 2024-yil 5-iyunda berilgan ma’lumotda: Kadastr hujjatiga ko‘ra, 5 ta literali bino hisobga olingan ya'ni, A-literali savdo do‘koni maydoni 373,8 kv.m., B-literali omborxona maydoni 32,0 kv.m., V-literali davolashxona maydoni 32,0 kv.m., G-literali kontora (idora) maydoni 29,64 kv.m., Dliterali omborxona maydoni 40,32 kv.m. va Ye-literali qorovulxona maydoni 19,0 kv.m. dan iboratligi qayd etilganligi biroq, kadastr yig‘ma jildidagi bino va inshootlarning tashqi va ichki o‘lchamlari tahlil qilinganida, yer uchastkasining bosh rejasida bino va inshootlarining joylashuvi va o‘lchamlari keltirilgan - bo‘lib, jumladan A-literali savdo do‘koni maydoni (29,70 x 14,0) = 415,8 kv.m. ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, shu binoning hajmini xisoblash qaydnomasida (26,70x14,0)= 373,8 kv.m. ekanligi, B literali omborxona maydoni bosh rejada (8,0 x 4,0) = 32,0 kv.m binoning hajmini xisoblash qaydnomasida esa (8,5 x 4,0) = 34,0 kv.m. hamda V-literal davolashxona bosh rejada (8,5 x 4,0) = (32,0) 34,0 kv.m. binoning hajmini xisoblash qaydnomasida esa (8,5 x 4,0) = 32,0 kv.m. yozuvlari kiritilib mazkur kadastr hujjati rasmiylashtirish jarayonida Binolar, inshootlar va yer davlat kadastri xizmati Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i O.Mavlonov tomonidan texnik xatoliklarga yo‘l qo'yganligi ma’lum qilingan.
Bu esa o‘z navbatida “OPTIMAL ESTIMATION” MChJ tomonidan 2021-yil 25-sentabrda tuzilgan N 09-021-sonli xisoboti ilmiy asosli ekanligiga shubxa uyg'otadi. Shu sababli yuqorida keltirilgan qonunchiliklarga zid ravishda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rib chiqilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Davlat va jamiyat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash xaqida”gi 1047-sonli qarori bilan bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida — hududiy miqyosda (keyingi o‘rinlarda hududiy jamg‘armalar deb ataladi) tashkil etilgan. Hududiy jamg‘armalar mablag‘lari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash belgilangan hamda Hududiy jamg‘armalarning kuzatuv kengashlari mazkur jamg‘armalarni boshqarishning yuqori organi hisoblanadi deb ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, ushbu Nizomning 12-bandida yetkazilgan zararlarni qoplash hududiy jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda hududiy jamg‘armalar kuzatuv kengashlari taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida ajratilishi belgilangan.
Zomin tumani hokimligi tomonidan tuman hududida turar va noturar-joylari buzilishga tushgan mulk egalariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar yuzasidan viloyat hokimligiga ma’lumot (ro‘yxat) taqdim etilgan.