Zomin tumani hokimi Alisher Abdug’aniyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezideentining PQ-146-son qarori asosida joriy yilda Zomin tumanida tashkil etilgan hamda tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi ish o‘rinlari xususida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Unda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi, xususan, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi tumanda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, tashkil etilayotgan yangi ish oʻrinlari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hamda aholi turmush sharoitlarini yanada oshirish borasidagi rejalar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi va tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.