Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Zomin bo‘limi tomonidan 2,4 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 36 nafar fuqarolar ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 55 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment ta’minotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 47 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.