Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Davlat organlari ishonch telefonlari hamda sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda
Xususan, Majburiy ijro byurosi Zomin tuman bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaatlariga yechim topishga alohida nazoratga olingan.
joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 478 ta murojaat kelib tushib, shundan 443 tasi ko‘rib chiqilgan, xususan, 341 ta murojaat qanoatlantirilgan, 102 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 338 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.