Statistik ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni sohadagi ishlarni yuritishning eng muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Uning to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi tahliliy ma’lumotlarning haqqoniyligi va aniqligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Statistika agentligi tomonidan birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida quyidagi texnologiyalardan foydalanib kelinmoqda: -eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar; - planshet qurilmalari orqali o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari; - statistika integrallashgan axborot tizimida (SIAT) vazirlik va idoralarning ma’lumot bazalari bilan integratsiya orqali olingan axborotlar; - telefon so‘rovlari, vebsayt orqali o‘tkazilgan so‘rovnomalardan olingan ma’lumotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistika, soliq, moliyaiy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-maomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va elektron raqamli imzodan foydalangan xolda elektron shakldagi davlat statistika hisobotlarini taqdim etish uchun 2020 yildan boshlab statistika hisobotini qabul qilishning vebtexnologiyaga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi (“eStat 4.0”) agentlik mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilib, ishga tushirildi. U hisobotlarni shakllantirish va taqdim etishda alohida dasturiy ta’minot o‘rnatishni talab etmaydi, yuborilgan ma’lumotlar holati avtomatik tarzda tekshiriladi.
Zomin tumanida korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yil 1 iyul xolatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 4821 tani tashkil qilib, shundan 2628 tasi yoki 54,2 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. 2024 yil yanvar-iyun oylarida tumanda jami 217 ta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 2530 ta (55,5%), savdo 780 ta (16,2%), sanoat 479 ta (9,9%) va qurilish 173 ta (3,6%) soxalariga to‘g‘ri keladi. Demak shuni aytishimiz mumkinki tadbirkorlik sub’ektlari soni kundan kunga ko‘payishini xisobga olsak hisobotlarni taqdim etilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ularning samaradorligi va ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratildi hamda sarflanadigan qog‘oz sarfi 100 foiz, ma’lumotlarni to‘plash vaqti 2 barobar qisqardi.
Tuman statistika bo‘limi