Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining ellik sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alisher Abdug’aniyev boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish hamda Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risidagi masala ko’rib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Raxmonqul Mamatqulov axborot berdi.
Shundan so‘ng deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Ushbu masalalar yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari A. Abdug’aniyev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari X.Abdullaev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari I.Nurmatov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari G‘.Hudaykulovlarning hisobotlari tinglandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zomin tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdug‘aniev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zomin tumanidagi Xalq qabulxonasining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining may, iyun oylaridagi faoliyatini o‘rganish hamda 2024-yilning 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va murojaatlardagi muammolar bilan ishlash bo‘yicha axboroti eshitildi.
Sessiyada kun tartibidagi muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.