Jizzax viloyati Zomin tumani Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 2024 yil 19 avgust kunida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi sudyasi A.Pulatov tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini to‘laqonli ta’minlash borasida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ayni shu yo‘nalishda mavjud milliy qonunchiligimizga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani esa, yanada e’tiborlidir.
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonuniy 2020 yil 13 mart kuni qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.
Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, 1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs, O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa, ushbu Qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
1992 yil 28 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs, O‘zbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar o‘qish uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim olgan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida O‘zbekistonga qaytib kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash fakti doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi belgining mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Qonun talabiga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Xulosa o‘rnida aytganda, ushbu Qonunning qabul qilinishi va hayotga joriy etilishi O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash borasida olib borilayotgan yuksak insonparvar siyosatning hayotiy isbotidir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Zarbdor tumanlararo sudining
sudyasi A.Pulatov