Joriy yilning 5 sentabr kuni Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksiyadorlik jamiyati Zomin tuman elektr ta’minoti bo‘limi binosida mahalliy aholi hamda hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish” qoidalarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suxbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov mazkur Qoidalar elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste’mol qilish sohasidagi talablarni belgilashi haqida ta’kidladi.
Shuningdek, “Elektr energiyasidan foydalanish” qoidalarida ko‘rsatilgan avariya rejimi, blok-stansiyalar, illyuminatsiya va lampalar shodasi, iste’molchining ulangan quvvati, ko‘rsatkichlarni nazorat tartibida tekshirish kabi asosiy tushunchalar haqida ham qisqacha tushuntirishlar berib o‘tildi.