Zomin tumani “Birlik” mahallasida Mustaqilligimizning 33 yillik qutlug‘ to‘yi arafasida 51-umumta’lim maktabi binosi kapital rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Abdug’aniyev, tuman Nuroniy jamg‘armasi raisi O’.Oqqulov, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i S.Parmanov, Zomin tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Sh.Ibragimov, mahalla aholisi, jamoatchilik vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Zomin tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev so‘zga chiqib, barchani eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 33 yillik qutlug‘ to‘yi bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, alvon lentalar qirqilib, tadbir ishtirokchilari bu yerda o‘quvchi yoshlarning o‘qib, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur 51-umumta’lim maktab binosini kapital rekonstruksiya etish uchun homiylar tomonidan 1 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.