Mahalla fuqarolar yig‘ini – bu davlat boshqaruv tizimining asosiy bo‘g‘ini o‘zini o‘zi boshqarish organi hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan hozirgi kundagi islohatlar dastlab mahalla institutlari faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunda mahalla inson huquqlarini himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirib, aholi orasida ishsizlikni kamayotirish borasida keng imkoniyat va vakolatlarga ega ekanligi barchamizga ma’lum.
Shunga ko‘ra joriy yilning 24 sentabr kuni Zomin hududida joylashgan Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va faollar ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasida davra suxbatlari tashkil etildi.
Jumladan, 2022 yil 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorning maqsadi mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashdan iboratligini aytib o‘tdi.
Ushbu qarorga ko‘ra, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining har bir mahalla uchun budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan bo‘lib, quyidagilar:
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘lar;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik ko‘mak mablag‘lari (kredit, grant, beg‘araz yordam va boshqalar);
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, mahalla hududidagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini ta’mirlash va tiklash;
mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularning turar joylarini ta’mirlash va jihozlash jamg‘armalar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan asosiy yo‘nalishlari hisoblanishini aytib o‘tdi.
O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tdi.