G’ofur G’ulom mahallasida bo’lib o’tgan qabulda hokim oʻrinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla masʼullari, aholi va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolardan kommunal, sog'liqni saqlash, kredit olish va shu kabi boshqa turli sohalarda 10 ga yaqin murojaat va takliflar tinglanib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.