Xabaringiz bor, 27 - 30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san'ati anjumani bo‘lib o‘tadi.
70 dan ortiq davlat vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur xalqaro tadbirga ayni kunlarda qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Anjumanga tayyorgarlik jarayonlariga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchilik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Xalqaro maqom san'ati anjumani Prezidentimiz tashabbusi bilan ilk bor 2018-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan edi.
O‘shanda ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg'u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyalari bo‘yicha baholangan.