Joriy yilning 19-iyunida Zomin Milliy tabiat bog’i hududida Zomin tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan xamkorlikda o’rmonzorlarda yong’in bilan bog’lik favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlar sodir bo’lganida ularni bartaraf etishda birgalikdagi harakati mavzusida maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida jami 137 nafar shaxsiy tarkib xodimlari va 17 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.
Shuningdek o’tkazilgan maxsus-taktik o’quv mashqlariga amaliy xarakatni kuzatib borish xamda sayohat qilish mobaynida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar va yong’inlarda to’g’ri harakat qilishni o’rganish yuzasidan jami 60 nafar mahalliy sayohatchilar va mahalliy aholi jalb qilindi.