Jamiyatimizda xotin-qizlar manfaatlari himoya qilinishi uchun “Ayollar daftari” yuritilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalda joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi boshqa hech bir mamlakatda uchramaydigan noyob mexanizm bo‘lib, bu orqali yurtimiz xotin-qizlarini qiynab kelayotgan muammolar hal etilishiga erishilmoqda.
Zomin tuman hokimligi, Zomin tuman kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, oila va xotin-qizlar bo’limi faollari hamda hokim yordamchilari tomonidan Xalqabod mahallasida ayollar daftari va yoshlar daftarida turuvchi 12 nafar xotin-qizlarga subsidiya mablag’lari hisobidan tikuv mashinalari topshirildi.