O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2024 yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-135-son Farmoni imzolandi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish bugungi kunda E-auksion.uz savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu farmon bilan endilikda yerlarni auksion orqali xarid qilishda yer narxi qiymatini qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi:
**(4 va 5-toifa tumanlar ruyxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.12.2022 yildagi PF-287 sonli farmonida tasdiqlangan)
Ushbu faromon bilan e-auksion,uz savdo platformasi orqali yer uchastkasi g‘olibi platformadigi shaxsiy kabineti orqali tasdiqlagan yer qiymatini 15 ish kunida to‘liq to‘lashni amalga oshirmoqchi bo‘lgan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 % chegirma beriladi, bundan mulkning boshlang‘ich narxi 50 %dan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.
Ushbu farmon doirasida bugungi kunda Jizzax viloyati bo‘yicha 5500 dan ortiq yer uchastkalari mulk va ijara xuquqi asosida e-auksion savdo platformasiga chiqarilgan.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.
Yangi auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’ektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 % miqdorida qo‘llanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno.
Loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, hokimlik tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritiladi. Yer uchastkasi boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqariladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish”
AJ Jizzax viloyati vakili Farhod Murodov