Joriy yilning 30 oktabr kuni Zomin tumani “Mirzo Ulug‘bek” MFY binosida mahalliy aholi hamda ushbu hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 968-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvchi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 968-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bundan tashqari, ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat budjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilayotganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Jumladan, Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy sohani rivojlantirish borasida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish hisoblanishi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini turli hil shakllardagi mulk tashkil etishi, shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanishi belgilab qo‘yilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, hozirda davlat rivoji va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdorlarning yer uchatkalari qonuniy tartibda olib qo‘yilmoqda.
Bu yo‘nalishni tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasining
2022 yil 29 iyundagi “ Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonuning asosiy maqsadi jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillarini belgilashdan iboratligini ko‘rishimiz mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvchi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-sonli Qonunning hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 02.02.2017 yildagi PQ-2752-sonli qarori yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.
Mazkur Qaror bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq uning asosiy vazifalari etib:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘
yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash;
korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish hamda tahlil etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash;
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish etib belgilanganligini ta’kidlab o‘tildi.
O‘tkazilgan davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.