O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va xodimlari tomonidan bugungi kunga kelib, fuqarolarga 103 turdagi xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilib kelmoqda.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki bolalarga, tayziq va zo‘rovonlikka uchragan xotin-qizlarga, kam ta’minlangan oilalarga, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan hamda to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalarga, ota-onaliq huquqidan maxrum etilmasdan farzandlari olib ketilgan ota-onalarga, voyaga yetmagan (18 yoshgacha bo‘lgan) onalar va otalarga, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xizmat va yordamlarni ko‘rsatib boradi.
Shu bilan bir qatorda,keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriyalarga joylashtirish ,tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga joylashtirish, ”Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘rsatiladigan aholiga moddiy yordamlar ajratish bilan ham shug‘ullanadi.
Fuqarolar ushbu turdagi xizmatlardan foydalanishi uchun “Inson” markazi yoki o‘zi yashab turgan mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodimga murojat qilishlari mumkin.
Alimqulov Oybek Rustamovich
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Zomin tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar
markazi direktori