Viloyat hokimining 2024 yil 14 noyabrdagi farmoyishi bilan viloyat xududida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, korrupsiya holatlarining oldini olish va qarshi kurashish, bunday illatga qarshi murosasizlik immunitetini shakllantirish maqsadida 14 noyabr kunidan 14 dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” profilaktik tadbiri e’lon qilindi.
Shu munosabat viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat rahbari Sayibnazar Melibaev tomonidan 2024 yil 3 dekabr kuni Zomin tumani hokimligida xodimlarni etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida umumiy va maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida hokimlik xodimlariga korrupsiya qonunchiligi, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, aniqlash va tartibga solish, korrupsiyaviy xarakatlar to‘g‘risida xabar berish, korrupsiyaviy hatti-xarakatlar uchun intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik, xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillar va qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash,
shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali omalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli farmoni, 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-sonli farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyun kuni qabul qilingan O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha ba’tafsil tushintirish va tavsiyalar berildi.