Xabaringiz bor, kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda sifatli xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish borasidagi aniqf takliflarini va tashabbuslarini olg‘a surib, bu borada 2025-yildan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar dasturini taqdim etdi.
Jumladan, kambag‘al oilalardangi 460 ming odam tibbiy yordamga muxtoj ekanligi ta’kidlanib, yangi yildan muxtoj odamlarning jarrohlik amaliyoti uchun Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga qo‘shimcha 185 milliardl so‘m ajratiladi. “Ijtimoiy daftarlar” mablag‘i faqatgina kambag‘al oilalarning yashash sharoitni yaxshilash, tibbiyot, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va daromadini oshirishga sarflanadi.
Videoselektorda ta’kidlab o‘tilgan masalalar qatorida aholiga, xususan, kambag‘al oilalar vakillari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat xajmini oshirish, sifatini yaxshilash borasidagi tadbirlarga ko‘ra, bugun Zomin tibbiyot birlashmasi markaziy poliklinikasida malakali professor-shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Respublika xirurgik-anginevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi DMning bir guruh mutaxassislari, jumladan, Respublika xirurgik-anginevrologiya ixtisoslashtirilgan markaz DM direktor o‘rinbosari - YULBARISOV Abdurasul Abdujalilovich, Respublika xirurgik-anginevrologiya ixtisoslashtirilgan markaz DM shifokor-nevropatologi - AXMATOV Alimjon Mustopokulovich, Respublika xirurgik-anginevrologiya ixtisoslashtirilgan markaz DM bo‘lim mudiri - DJALILOV Abduvali Abdumutalovichlar bosh miya qon aylanishi yetishmovchiligi, ishemik insult, miokard infarkti o‘tkazgan va gipertoniya kasalligi bilan D hisobda turuvchi bemorlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.