Joriy yilning 31 yanvar kuni Zomin tumani xududida joylashgan 13-umumta’lim maktabi binosida, maktab o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirokida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi raisi O.Egamberdiev hamda sudya A.Pulatovlar tomonidan bugungi kunda yoshlarning xuquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash dolzarb masala xisoblanishini ma’lum qilib davra suhbati tashkil etildi.
Sud raisi O.Y.Egamberdiev so‘z olib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilganini takidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda «Loyihalar fabrikasi» ish boshlagani,
Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020 yil dekabr oyida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq vazifalar belgilanganligini bildirib o‘tib, o‘quvchilarga sud tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid normalar, ularning mazmun mohiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.