Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XALQ DEPUTATLARI ZOMIN TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

08 февраль 2023 йил
406
0

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashining navbatdagi –  qirq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Zomin tumani hokimi A. Abdug‘aniev raislik qildi. Unda tumandagi deputatlar, sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Sessiya kun tartidan o‘rin olgan  23 ta masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida, «Ochiq budjet» fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini ajratish to‘g‘risida, “Ayollar daftari” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida, “Temir daftar” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida, “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida, tumanda extiyojmand oilalarni qo‘llab quvvatlash, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi mehnatga layoqatli fuqarolar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida, ota-onasi yoki ulardan biridan ayrilgan muxtoj qizlar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning oliy ta’lim kontrakt to‘lovlarini to‘lashga mahalliy budjet 2023 yil boshiga hosil bo‘lgan mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-6221-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator tumanimiz yoshlarining kontrakt to‘loviga mablag‘ ajratish to‘g‘risida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga asosan Halq deputatlari tuman Kengashi qarori muhokamasi to‘g‘risida tuman hokimligi Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisining hisoboti, Zomin tumanida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha  tuman adliya bo‘limi boshlig‘i V.Omonovning axboroti, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshievning 2022 yil davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudi tomonidan 2022 yil davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti, Zomin tumani IIB boshlig‘i, 3 sektor rahbari F.To‘ychievning 2022 yil davomida sektor hududida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti, Zomin tumani prokurori, 2 sektor rahbari X. Abdullaevning 2022 yil davomida sektor hududida amalga oshirilgan ishlar va Zomin tuman prokuraturasi tomonidan tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida  2022 yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti, Zomin tumani DSI boshlig‘i, 4 sektor rahbari G‘.Xudoyqulovning 2022 yil davomida sektor hududida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti, 2022 yilda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va sektor raxbarlarining sayyor qabullarni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati natijadorligi to‘g‘risida hamda tumanda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturi nazorati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zomin tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchisi D. Toshmatovning axboroti, Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi boshlig‘i N. Bo‘taevning 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar