Zomindagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq yangradi
Bugun, tumandagi mavjud 76 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirlarda tuman hokimi Alisher Abdug’aniyev, sektor rahbarlari, hokimlik vakillari va mahalliy deputatlar ishtirok etishdi.
Zomin tumani hokimi 60-sonli maktabda bo‘lib, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yilida yangicha yutuqlar tilab, samimiy qutladi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Vatan haqida sheʼr va qo‘shiqlar kuylashib, "Bilimlar kuni"ni yuqori kayfiyatda boshlashdi.
Shuningdek, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezidentimizni sovg‘alari topshirildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)