ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
An’anaga aylanib qolganidek, bugun ham tuman hokimligida aholi murojaatlari bo‘yicha tuman hokimi, 1-sektor rahbarining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi A.Abdug`aniev olib bordi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etishdi.Unda murojaat qiluvchilar tomonidan berilgan og‘zaki va yozma arizalar o‘rganilib, tegishli ravishda tushuntirishlar berildi, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan idora va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar taqsimlandi.
Qayd etish lozimki, har bir qabul mobaynida kelib tushgan ariza va murojaatlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Qilingan hech bitta murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Jamiyatdagi, aholi o‘rtasidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarning bartaraf etilishi, ijobiy natijalarga erishilishi doimiy nazoratga olingan.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati