Yoshlar muammolarni o'rganish bo‘yicha sayyor qabullar bo‘lib o'tmoqda
Zomin tuman hokimi 1-sektor rahbari A.Abdug’aniyev belgilangan jadval asosida hududdagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazyapti.
Qabulga tashrif buyurgan yoshlar asosan imtiyozli kredit olish, sog‘ligi borasida malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmandlik, turar joy ta’miri, doimiy ish o‘rinlari bilan bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda murojaat qildilar.
Qayd etish lozimki, har bir qabul mobaynida kelib tushgan ariza va murojaatlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Jamiyatdagi, aholi o‘rtasidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarning bartaraf etilishi, ijobiy natijalarga erishilishi nazoratga olinadi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)