ZOMIN TUMANI HOKIMLIGIDA QABUL BO‘LIB O‘TDI
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, 1-sektor rahbarining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Omonqulov olib bordi.
Qabulga tashrif buyurganlar asosan sog‘ligi borasida malakali tibbiy xizmatga ehtiyojmandlik, turar joy ta’miri, doimiy ish o‘rinlari bilan bandlikni ta’minlash, imtiyozli kredit olish, kadastr hujjatlari, gaz, suv va elektr energiyasidan qarzdorlik, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, aliment undirish kabi masalalarda murojaat qildilar.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.
Unda murojaat qiluvchilar tomonidan berilgan og‘zaki va yozma arizalar o‘rganilib, tegishli ravishda tushuntirishlar berildi, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan idora va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar taqsimlandi.
Qayd etish lozimki, har bir qabul mobaynida kelib tushgan ariza va murojaatlar sinchkovlik bilan o‘rganiladi. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Jamiyatdagi, aholi o‘rtasidagi kamchilik va muammoli vaziyatlarning bartaraf etilishi, ijobiy natijalarga erishilishi nazoratga olinadi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati