Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA

“VATANPARVARLAR KARVONI” ZOMINDA

31 март 2023 йил
243
0

Bugun O’zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyati Kengashi tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida katta tadbir tashkil etildi.

 

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi O’zbekistonning mustahkam qalqonidir” Shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyati Kengashi, O’zbekiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizoni, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi, viloyat Mudofaa ishlari, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi hududiy kengashlari hamkorligida tashkil etilib, unda ixtisoslashtirilgan maktab internati xodimlari, mahalliy aholi va o’quvchi yoshlar, harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi Jizzax viloyati harbiy faxriylar kengashi a’zolari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.

   O’quvchilar, mahalla yoshlari hamda fuqarolarни harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg’ularini singdirish, yoshlar va fuqarolarga mudofaa sohasidagi boshlang’ich bilimlarni yetkazish va ularni Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatga tayyorlash, “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi tashkilot-muassasalarning ta’lim muassasalari va harbiy qismlar o’rtasida yo’lga qo’yilgan hamkorlikning ahamiyati hamda harbiy vatanparvarlik yo’nalishida birgalikda o’tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadlarida tashkil qilingan tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Jizzax viloyati kengashi tasarrufidagi  avtomotosport, karting, o’q otish to’garaklarining hamda o’quv avtomobillarining ko’rgazmali namoyishlari bo’lib o’tdi.

     Shuningdek,  Zomin tuman  ixtisoslashtirilgan maktabning  yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida miltiqdan o’q otish mashqlari, kamonan otish,  arqon tortish, “AK-74” qurolini sochib-yig’ish, gaz niqobni kiyish, 200 va 400 metrga yugurish, “Mini futbol” kabi sport musobaqalari tashkil qilindi. Shundan so’ng ixtisoslashtirilgan maktab internatining majlislar zalida Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizoni, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi, viloyat Mudofaa ishlari, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, Madaniyat boshqarmasi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi hududiy kengashlari vakillari bilan o’quvchilar o’rtasida davra suhbati bo’lib o’tdi.

 

Uchrashuv jarayonida Jizzax garnizoni harbiy orkestri, Zomin tumani Madaniyat bo’limi hamda Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilarining badiy chiqishlari namoyish etildi.

Bunadan tashqari, o’quvchilar bilan Mudofaa vazirligi va Milliy Gvardiya tizimidagi hududda joylashgan harbiy qism va muassasalar bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va veteranlar ishtirokida “Mardlik va jasorat” darslari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiy xizmatchilar, veteranlar ishtirokida “Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir”, “Vatanni himoya qilish – sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch”, «Armiya – yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi” hamda “Tinchligingga jonim fido – muqaddas Vatan!”, “Milliy armiya bayrami – mening bayramim!’’ kabi mavzulardasuhbatlar uyushtirildi, O‘quvchi-yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida ko‘rgazmali chiqishlar va uclrrashuvlar tashkil etildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Tashviqot tadbiri davom etmoqda
25 март 2023, Суббота
Tashviqot tadbiri davom etmoqda
Tashviqot tadbiri o‘tkazildi
24 март 2023, Пятница
Tashviqot tadbiri o‘tkazildi
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
27 февраль 2023, Понедельник
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
"Kitob-komillik poydevori"
20 январь 2023, Пятница
"Kitob-komillik poydevori"
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar