MIB tomonidan soliq qarzdorliklari undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 55-moddasiga asosan hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikining oshib ketishi davlat budjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi.
Byuroning Zomin tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning aprel oyida jami ish yurituvdagi ijro xujjatlaridan 1271 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 19 mlrd. 116 mln. so‘mlik qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, shundan 47 ta, 1 mlrd. 974 mln. so‘mi soliq qarzdorliklariga to‘g‘ri keladi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.