KEKSALAR DOIMO EʼZOZDA
Xalqimizda ajdodlardan meros bo‘lib qolgan ibratli udum bor. Har qanday inson qaysi sohada, qaysi bir kasb-hunarni egallashda kimdandir albatta saboq oladi va shogirdlik davrida olgan bilimlari asosida o‘z kasbining ustasiga aylanadi, mustaqil hayotga kirish arafasida albatta ustozining duoyi fotihasini oladi.
1-oktabr - "Ustoz va murabbiylar kuni" hamda "Keksalar haftaligi" munosabati bilan tumandagi 60-umumta’lim maktabining nuroniy ustozlari, ya’ni, o‘z umrini ta’lim-tarbiyaga, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga bag‘ishlagan, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qilib kelayotgan aziz murabbiylarga bag‘ishlangan “Mudom ardog‘imizdasiz, aziz ustozlar!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning aziz mehmoni - ko‘p yillardan beri shu dargoxda o‘zi faoliyatini olib borayotgan Pak Larena Mixaylovnaga Toshkent okrugi Qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari Polkovnik O’rolboyev Baxtiyor To’raqulovich tomonidan Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo’shgan xissasi uchun ko’krak nishoni taqdim etildi. Tadbirda ishtirok etganlar keksalarni ulug‘lash naqadar insoniy fazilat ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildilar.