Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

04 январь 2024 йил
264
0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Zomin tumani hokimligi sud qarorini pisand qilmayapti sarlavhali xabar yuzasidan Zomin tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Zomin tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri D.Mamatqulov tomonidan haqiqatdan ham 11-08-2023 yilda imzolangan №01-20-218/08-07-39/21 sonli xatda kompensatsiya puli qoplab berilishi mumkinligi aytilgan. Faqatgina bu xolatda "yetkazilgan zararni qoplash xududiy jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan jamg‘armalar kuzatuv kengashlarining qarorlariga asosan tegishli ravishda mablag‘ kelib tushgan tuman va shaharlarga ajratilishi zarur xollarda xududiy kuzatuv kengashi qaror asosida boshqa tuman va shaharlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bu holatda yuqoridagi murojaat asosidagi noturarjoyga ajratilgan mablag‘ kelib tushgan emas.

Bundan tashqari,  tuman mahalliy budjetining 3-chorak yakuni bo‘yicha oshirib bajarilgan qismidan to‘lab berilishi mumkinligi, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, reja asosida mablag‘lar aniq qanday yo‘nalishlarga ajratilishi ta’kidlangan.

Shunday ekan, mazkur murojaatlarga Zomin tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan yo‘llangan javobdan qoniqmagan tomon qonuniy asosda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilishi lozim edi.

Bu yerda aniq-tiniq ko‘rinib turgan javob xatlarining fotonusxalari keltirilib, undagi vajlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi qonunchilikka zid deb bilamiz.

camscanner-09-14-2023-17_161-2.pdf [942,41 Kb] (юклаб олинди: 21)

Онлайн: camscanner-09-14-2023-17_161-2.pdf  

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar