Телефонлар:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida Navro‘z bayrami tantanali tarzda nishonlandi

Zomin tumanida Navro‘z bayrami tantanali tarzda nishonlandi

16 март 2024 йил
204
0

Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Zomin tumani markazidagi "Zominsoy" ko‘ngil ochar va dam olish majmuasida o‘zbek xalqining yangilanish va yasharish ayyomi bo‘lmish - Navro‘z umumxalq bayrami xalq sayli tarzida tantanali nishonlandi.

    Avvalo "Zominsoy" ko‘ngil ochar va dam olish majmuasida tashkillashtirilgan bayram saylida tuman hokimi, tuman tashkilotlari rahbarlari, idora va mahalla vakillari bayramona bezatilgan joylarni borib ko‘rishdi va bayram bilan barchani muborakbod etishdi.

      Umumxalq bayramning tantanili marosimida tuman hokimi Alisher Abdug‘aniev so‘zga chiqib butun tuman ahlini bayram bilan tabriklagan holda, tumanda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohatlar, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlar haqida so‘z yuritdi.
 Navro‘zning butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon bo‘ladi. Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rku ziynati bo‘lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun tumanimiz aholisiga ham cheksiz quvonch va zavq bag‘ishladi.

   Bayram dasturida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda mahalliy ijodkorlar tomonidan chiqishlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

     Navro‘z sayli unutilmas lahzalarga boy va barchaning esda qolarli bayrami bo‘ldi.
 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

3- dekabr - “Xalqaro Nogironlar kuni”
03 декабрь 2023, Воскресенье
3- dekabr - “Xalqaro Nogironlar kuni”
RASMIY MUNOSABAT
06 апрель 2023, Четверг
RASMIY MUNOSABAT
"Qadriyatlar qadr topgan ona Vatan O'zbekistonim"
17 март 2023, Пятница
"Qadriyatlar qadr topgan ona Vatan O'zbekistonim"
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар