Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “Halq salomatligi yo’lida”

“Halq salomatligi yo’lida”

20 май 2024 йил
139
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2022-yildagi PQ 103- sonli “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 26.01.2022 yildagi PQ 102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda aholini tibbiy skriningdan o‘tkazish bo‘yicha Zomin tumanida olib borilayotgan  ishlar hamda kelgusidagi  istiqbolli rejalar yuzasidan kengaytirilgan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosari S.Anvarov,  tibbiyot birlashmasi  boshlig‘i t.f.d Sh.Tilavberdiyev, tumandagi barcha  davolash profilaktika  muassasalar rahbarlari, katta hamshiralar va bosh mutaxassislar ishtirok etishdi.
 Yig‘ilishni tuman tibbiyot birlashmasi  boshlig‘i t.f.d Sh.Tilavberdiyev Zomin tumanidagi tibbiy faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha chiqarilgan tibbiy muassasalarga mas’ul-kuratorlar tayinlash to’g’risidagi buyruqni e’lon qilish orqali ochibberdi.
 Yig‘ilish tahliliy-tanqidiy ruxda bo’lib o’tdi. Unda so‘zga chiqqanlar tuman ahliga tibbiy xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo’yilgan  kamchiliklar,  mas’ullarning faoliyatsizligi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kerakli chora tadbirlar, xalq salomatligini yaxshilash bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan istiqboldagi rejalar xaqida fikr va mulohazalarni bildirib o’tdi.
 Yig‘ilish so‘ngida tuman hokimining o‘rinbosari S.Anvarov so‘zga chiqib,  yig‘ilishda ko‘rilgan dolzarb masalalar o‘z yechimini topishini TTBga hokimlik tomonidan moddiy-texnik masalalarida zarur ijtimoiy yordam berilishini  alohida ta’kidlab o’tdi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar