Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Davra suhbati bo'lib o'tdi

Davra suhbati bo'lib o'tdi

30 август 2024 йил
36
0

Joriy yilning 27 avgust kuni Zomin tuman soliq inspeksiyasi ma’muriy binosida soliq inspeksiyasi xodimlari hamda aholi va hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-763-sonli, 2012 yil 2 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga xamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-943-sonli Qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida davra suxbati tashkil etildi.
 Tadbir davomida iqtisodiy sud raisi X.Madatov “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat ekanligi haqida aytib o‘tdi, shuningdek, mazkur Qonunda ko‘rsatilgan vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik, doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik tushunchalariga ham ta’rif berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilariga 2024 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga xamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-943-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jumladan, mazkur Qonunda nazarda tutilishicha keyingi yillarda «Yangi O‘zbekiston — yangi sud» prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilganligi, Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi.

  Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqqanligi, bugungi kunda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish institutini takomillashtirish orqali protsessual kodekslarga fuqarolar uchun kulay hamda soddalashtirilgan tartibni yaratishga qaratilgan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida umumiy ma’lumotlar berildi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi
30 апрель 2024, Вторник
Qonunning mazmun mohiyati tushuntirildi
QONUNCHILIKDAGI YANGLIKLAR - SUDYALAR TARG‘IBOTIDA
19 февраль 2024, Понедельник
QONUNCHILIKDAGI YANGLIKLAR - SUDYALAR TARG‘IBOTIDA
Davra suhbati bo'lib o'tdi
13 декабрь 2023, Среда
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Davra suhbati bo'lib o'tdi
13 декабрь 2023, Среда
Davra suhbati bo'lib o'tdi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar