Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » QAROR IJROSI AMALDA

QAROR IJROSI AMALDA

12 сентябрь 2024 йил
92
0

Bugungi kunda mamalakatimizda ko‘p bir qancha yo‘nalishlar va sohalarda islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi 170-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish,  davlat raqami belgilari, texnik pasport va texnik guvohnoma berish, davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish bo‘yicha tartib belgilandi. O‘zagroinspeksiyaning Zomin tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi 170-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan bo‘limning 2024 yil tasdiqlangan ish rejasiga asosan davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Texnikalarga vaqtinchalik texnik pasport, texnik guvohnoma va davlat raqami belgilari berilmoqda. Bo‘lim tomonidan davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarmoqda. Olis hududlardagi texnikalarni joyiga borib texnik holatlari o‘rganilib texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Joylarda aholiga texnikalarni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari tasdiqlangan ish rejaga asosan IIV YHXB ning Zomin tuman bo‘limi bilan hamkorlikda har haftaning payshanba kunlari qo‘shma reydlar tashkil qilinib nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan joriy yilning sentabr oyida 2 marta qo‘shma reydlar o‘tkazilib, unda 5 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi 170-sonli qarorida eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasini majburiy tartibda almashtirishning yakuniy muddati 2023 yil 31 avgust etib belgilangan. O‘tkazilgan reydlarda bugungi kunga qadar eski na’munadagi texnik pasportlar va haydovchilik guvoxnomalari borligi aniqlanmoqda. Eski na’munadagi texnik pasport va haydovchilik guvoxnomalari  mavjud fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Mjtk ning 112-139-moddalariga asosan jazoga tortilmoqda. Texnikalarning holatini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma reydlar kelgusida yana o‘tkazilib nazorat tadbirlari davom ettiriladi.    

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari har yili 1 sentabrga qadar texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati etib belgilangan. Nazorat tadbirlari davomida belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan texnikalar aniqlanmoqda. Texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan texnikalarni o‘tkazish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Hurmatli fuqarolar mavjud qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini o‘z vaqtida belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tkazishingizni, yangi texnika sotib olganingizda O‘zagroinspeksiyaning Zomin tumani bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilishingizni so‘raymiz.     

                         

 

O‘zagroinspeksiyaning Zomin

tumani bo‘limi qishloq xo‘jaligi

texnikalarini nazorat qilish

bo‘yicha bosh mutaxassisi

A.Nomozov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar