Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » BO’SH VAQTING – HUSH VAQTING!

BO’SH VAQTING – HUSH VAQTING!

05 январь 2023 йил
166
0

Qishki ta’til bolajonlarning eng sevimli vaqti. Sababi, Yangi yil bayrami arafasida yangidan yangi g’oyalar, kutilmagan hodisalar, quvnoq kayfiyat doimiy hamrox bo’ladi. Bu yili maktab o’quvchilarining ta’tildagi bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida mahallalardagi Yoshlar yetakchilari tomonidan tashkil etilayotgan “Maroqli ta’til” loyihasi esa bir qator iste’dodlarni kashf etayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Taʼtil vaqtida yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Shirin” qishloq fuqarolar yig’inida, “O’zbekiston” mahallasida, “Nurlikent” mahallasida, “Chorvador” qishloq fuqarolar yig’inida, Sh. Rashidov mahallasida, “Peshag’or” mahallasida, “Qo’shtol” mahallasida, Ulug’bek mahallasida turli yosh toifasidagi o’g’il-qizlar o’rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Bundan tashqari, “Bog’ishamol”, “Baxt”, “Yuksalish”, H. Olimjon, “Bunyodkor”, “Birlik”, “Guliston” mahalla fuqarolar yig’inlarida stol tennis, “Quvnoq startlar”, yugurish va shaxmat-shashka kabi yo’nalishlarda jamoaviy hamda yakkalik musobaqalar tashkil etildi.

“Sog’ tanda sog’lom aql”, deganlaridek, o’qishdan bo’sh vaqtlarida ham sport bilan shug’ullanib, ham o’z iqtidorlarini namoyish etayotgan yoshlar mahalla raislari, yoshlar yetakchilari va xomiylar tomonidan rag’batlantirilayapti.

Har bitta hududda shu kabi tadbirlar izchillik bilan tashkil qilinmoqda,-deydi “Bog’ishamol” mahallasi yoshlar yetakchisi Sh. Xonto’rayev. Maqsad – o’g’il-qizlarning bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun sharoit yaratish, ular o’rtasida o’zaro do’stlik, sog’lom raqobatni shakllantirish va iste’dodlarni aniqlab, qo’llab-quvvatlash.

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar