IJTIMOIY HIMOYA AMALDA
Bugungi anomal sovuq kunlar, davom etayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli joylarda aholi o‘rtasidagi muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolarning xolidan xabar olish, ularni ham ma’nan, ham moddiyan qo‘llab-quvvatlash maqsadida tumanimizdagi qator qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida amaliy tadbirlar olib borilayapti.
Bugun ham Zomin tumani «Qayirma» MFYda yashovchi ijtimoiy himoyaga muxtoj, kam ta’minlangan sharoiti og‘ir oilalarga xomiylar tomonidan oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi. Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va faollarning tashrifi mazkur xonadonlar a’zolarini xursand etdi. Shu kabi tadbirlar boshqa mahallalarda ham mahalla raislari va faollar tomonidan davom ettirilmoqda. Sharoiti og‘ir oilalarga xomiylar va hokim yordamchilari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilib, muammolari o‘rganilayapti.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati