MAHALLALARDA TUSHUNTIRISH-TARG’IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli dori vositalarining inson uchun zararli ta’siri borasidagi gap-so’zlar tobora avj olmoqda. Aslida ham salomatligimkizni tiklash maqsadida asosiy va qo’shimcha dori vositalari, yordamchi vitaminlar va boshqa vositalarni ko’r-ko’rona qo’llash, mutaxassis maslahatisiz, uy sharoitida iste’mol qilishning oqibati ayanchli bo’lishi tabiiy. Shu kabi salbiy holatlarning oldini olish, aholi o’rtasida tibbiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida joylarda turli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun ham Zomin tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig’inifa shu kabi tashviqot tadbirlari va o’rganish ishlari o’tkazildi.
Tadbir davomida mahalla raisi A. Xudoynazarov bosjchiligidagi fuqarolar yig’ini faollari, mahallaga biriktirilgan patronaj hamshira 12 ta xonadonlarda bo’lib tushuntirishlar olib bordilar. Mazkur xonadonlarning uchtasida “Paratsetamol 500” tabletkalari borligi aniqlandi. Shu kabi tadbirlar tumanning “Nihol”, “Oqtepa”, “Paxtakor”, “Farovon”, Ulug’bek mahallalarida, “Shirin” qishloq fuqarolar yig’inida, mazkur hududlardagi “Iqbol” qo’rg’oni, “Birlashlan”, “Ittifoq” qishloqlari kabi aholi manzillarida ham bo’lib o’tdi.
Shuningdek, Zomin tuman hokimligi qoshidagi qish mavsumini betalofat o‘tkazish va aholi noroziligiga sabab bo‘luvchi holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan shtabda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga ko’ra joylarda qish mavsumini betalofat o’tkazish, isitish va boshqa kundalik maishiy ehtiyojlar holatini ochiqlash maqsadida o’rganish ishlari olib borilmoqda. Mazkur shtabda bugungi kunda sektor rahbarlari, mahallalarga biriktirilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan muammolar muvofiqlashtirilib, tegishli tashkilotlar tomonidan tezkorlik bilan hal etib borilyapti.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati