ZOMIN TUMANI 4-SEKTOR RAHBARI VA FAOLLAR UYMA-UY YURIB, AHOLI BILAN UCHRASHMOQDA
Yurtimizda hukm surayotgan anomal sovuq tufayli aholi o’rtasida isitish, yoritish sohalaridamuammolarning ortib ketishi oldini olish, joylarda qish mavsumiga tayyorgarlikning haqiqiy ahvolini o’rganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 4-sektor rahbari, tuman Davlat Soliq inspeeksiyasi bosdhlig’I G’. Xudoyqulov hududdagi 9 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida o’rganish ishlarini olib bordi. Mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar va yoshlar yetakchilari, mahalla faollari hamrohligidagi o’rganishlar natijasida aholini qattiq sovuqlarda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotini va isitish moslamalaridan no’g’ri va oqilonsa foydalanish tartiblari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, hududdagi “Istiqlol” qishloq fuqarolar yig’ini “Chaparashli” qishlog’I va Yom qishloqlaridagi aholining tabiiy gaz tarmog’I avariyaga uchragani aniqlanib, tegishli tashkilotlar ko’magi bilan muammo bartaraf etildi. Bundan tashqari, “O’rol” va “Jaloir” qishloqlari aholisini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash ishlari tizimli ravishda yo’lga qo’yildi.
Zomin tumani hokimligi
Axborot xizmati