RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladigan ko‘pkari uchun Zomin qo‘riqxonasidan bo‘ri olib kelinishi haqida tarqalgan xabar Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasining Zomin tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi. O‘rganish davomida Zomin tumani "Turkman" MFYda yashovchi K.Gʻ. ismli fuqaro o‘z xonadonida bo‘rini noqonuniy tarzda tutqunlikda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Bu bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasining "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunining 4, 32, 33-moddalarining talablarini buzgan. Shundan kelib chiqib, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-bandiga asosan BHMning 10 baravari, ya’ni 3 mln. so‘m miqdorida jarima belgilandi. Ayni paytda davlat inspektorlari tomonidan bo‘rini tabiat qo‘yniga qaytarish choralari ko‘rilayapti. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz.
Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasi matbuot xizmati