Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

21 январь 2023 йил
281
0

Zomin tumani “Navoiy” QFY “Tog`ayto`pi” qishlog`ida yashovchi fuqarolarning “eltuzportali” “Gaz balonlari ikki oy oldin olib ketilgan. Qish tugaganda keladimi?” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabari yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Ushbu xabarda Zomin tuman gaz xodimlari gaz balonlarini ikki oy oldin yig`ib olib ketilgani ma`lum qilingan. Biroq o`rganish davomida Zomin tumani “Navoiy” QFY “Tog`ayto`pi” qishlog`ida jami 226 honadon mavjudligi aniqlandi. 17.01.2023 yilda ushbu q1ishloqda yashovchi honadonlarga dastlab 81 dona hamda 18.01.2023 yilda 20 dona jami 101 dona suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berilishi ta`minlangan. Hozirgi kunda ushbu qilshloqqa 125 dona suyultirilgan gaz balonlariga ehtiyoji borligi o`rganildi. 2023 yilning 21 yanvar kuni Zomin tumani “Navoiy” QFY “Tog`ayto`pi” qishlog`ida yashovchi 125 ta xonadonga 125 dona suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berilishi ta`minlanadi. Bundan tashqari 2023 yil 11 yanvar kunidan 2023 yil 20 yanvar kuniga qadar Zomin tumani Navoiy QFY va Peshag`or MFYlarda  yashovchi fuqarolarga bugungi kun xolatiga 72 tonna ko`mir maxsuloti tarqatilishi  ta`minlangan.                   

Zomin tumani hokimligi

Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar