Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » ZOMIN TUMANI KADASTR AGENTLIGI XODIMLARI ISHTIROKIDA SEMENAR TASHKIL ETILDI

ZOMIN TUMANI KADASTR AGENTLIGI XODIMLARI ISHTIROKIDA SEMENAR TASHKIL ETILDI

16 январь 2023 йил
312
0

2023 yil 16 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi raisi Sh.Shamshiev tomonidan Kadastrlar Palatasi tuman bo‘limi va Kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. O‘tkazilgan semenar mashg‘ulotida sud raisi Sh. Shamshiev tomonidan “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga, jumladan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati kadastr xizmati xodimlari e’tiboriga yetkazildi.

Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 avgustdagi O‘RQ-708-sonli qonuniga ko‘ra yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga, jumladan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi, jumladan ushbu kodeksning 60, 601, 65, 67, 68, 681, 69-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlar yana bir bor soha xodimlari e’tiboriga yetkazildi.

Shuningdek o‘quv – semenar mashg‘ulotida amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim jihatlarga e’tibor qaratilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 315-moddasi tartibida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning shikoyatiga asosan ko‘rib chiqilayotgan Kadastr agentligi xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlarning aksariyat qismida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari har doim ham rioya qilmayotganligi,  jumladan qaror nusxalari o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxslarga qonunda belgilangan muddatlarda topshirmaslik yoki yubormaslik, taraflarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirmaslik holatlari kuzatilayotgani, bu holat protsessual muddatlarning asossiz ravishda o‘tib ketishiga, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi va noroziligiga sabab bo‘layotganligi, shu sababli bu borada tegishli chora-tadbirlar belgilash va qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Zomin tuman sudi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar