Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH

MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH

15 февраль 2023 йил
249
0

        Maxsar o‘simligi - Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin hisoblanadi. Maxsar o‘simligi qurg‘oqchilikka chidamli. Maxsar o‘simligi moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug‘idan 25-32% gacha yarim quriydigan, och sariq moy olinadi. Sifatiga ko‘ra kungaboqar moyidan qolishmaydi. Maxsar o‘simligining pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan kunjaraning mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo‘ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 ozuqa birligi, 7-8 % yog‘ saqlanadi. Kunjarasidan o‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug‘lari parrandalar uchun yaxshi oziqa hisoblanadi.

        Maxsar o‘simligi issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgan o‘simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchan bo‘ladi. Maysalari 5-6 °C sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O‘zbekiston sharoitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi.

        Kuzda ekilgan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi. Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa, gullar yomon changlanadi, pistachalar kam hosil bo‘ladi, savatcha chiriy boshlaydi. Ushbu ekin tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug‘oriladigan mintaqadagi bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Sho‘rga chidamliligi tufayli sho‘r tuproqlarda ham o‘sa oladi. Unumdorligi yuqori, nam bilan ta’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi. O‘zbekistonda maxsarning Milyutinskiy-114 navi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va u lalmikorlikda, suvlikda o‘stiriladi. Xosildorligi 8-14 s/ga va undan ortiq. Almashlab ekishlarda maxsar kuzgi g‘alla ekinlari, toza shudgor, band shudgordan keyin joylashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za, makkajo‘xori, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlaridan keyin ekilsa, yaxshi natija beradi. Maxsarning o‘zi ham boshoqli don ekinlari uchun o‘tmishdosh.

        Zomin tumanida maxsar yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar.

        Maxsar juda erta bahorgi don ekinlari bilan bir vaqtda eka boshlanadi. Zomin tumani tog‘oldi hudud bo‘lib, tuproq iqlimi issiq yerlar tezda obi-tobiga keladi. Tumanda 37.1 mingdan ortiq gektar maydonlar lalmi maydonlar hisoblanadi. Tumanda 2023 yilda 5400 gektar maxsar ekilishi rejalashtirilgan. Maxsar ekadigan fermerlar birinchi navbatda maxsardan yuqori hosil olish uchun maxsar urug‘iga katta e’tibor berish kerak. Maxsar ekiladigan lalmi maydonlar 20-22 sm, sug‘oriladigan maydonlar 25-27 sm chuqurlikda haydaladi. Yerdagi nam ushlab qolish uchun haydalgan maydonlarni tezda baranalash kerak. Ekildagina maxsar urug‘i 95%, unuvchanligi 85% dan kam bo‘lmagan urug‘larni ekishi kerak. Maxsarning qator oralari 30 va 45 sm qilib ekish keng tarqalgan. Maxsarni gektariga 10-12 kg dan ekish tavsiya etiladi. Ekilgan urug‘ 5-8 sm gacha chuqurlikda ko‘milishi kerak. Ekilgan urug‘larni ko‘ndalangiga baranalab ko‘mish tavsiya etiladi.

        Unib chiqqan maxsar o‘simligini (gektariga) o‘rtacha 80-100 kg dan azotli mineral o‘g‘it bilan oziqlantirish kerak. Zararkunandalarga qarshi ya’ni maxsar kapalagi va maxsar filchasiga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov berishi kerak.

        Yuqorida tavsiya etilgan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida qilib borilganda maxsardan yuqori hosil olishga erishiladi.

       

     

 

                                                                                                           Q.Abdugabborov

O‘zagroinspeksiyaning Zomin tumani bo‘limi

qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari

yetishtirilishi va ta’minotini nazorat

qilish sho‘basi katta inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
11 февраль 2023, Суббота
TEZKOR PROFILAKTIK TADBIR
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
26 январь 2023, Четверг
SUD ISLOHOTLARI YANGI BOSQICHDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar